Fuqarolik jamiyati haftaligi bu...


649     09.12.2025

Fuqarolik jamiyati haftaligi so‘nggi yillarda mamlakatimizda izchil anʼanaga aylandi. Uni aynan Konstitutsiya kuni arafasida o‘tkazilishi ham bejiz emas — bu fuqarolarimizning huquqiy madaniyatini oshirish, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish va demokratik jarayonlarga keng yo‘l ochishga qaratilgan muhim ramziy qadamdir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida biz fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladigan huquqiy-meʼyoriy asoslarni yanada mustahkamlash ustida izchil ish olib bormoqdamiz. Parlamentda jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha komissiya tashkil etilgani, shuningdek, barcha qo‘mitalar huzurida Jamoatchilik kengashlarining faoliyat yuritayotgani — fuqarolar fikri va NNTlar tashabbuslari qonun ijodkorligi jarayonida to‘laqonli inobatga olinishi uchun yaratilgan samarali maydondir.

Ayniqsa, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu kengashlardagi ishtiroki ortib borayotgani quvonarli hol. Bu nafaqat parlament faoliyatining ochiqligini taʼminlaydi, balki jamiyatdagi dolzarb muammolarni hal etishda davlat va fuqarolik sektori o‘rtasidagi sheriklikni yanada kuchaytiradi.