“Toshkent futboli – 100 yoshda”


605     09.12.2025

Partiyaning Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan poytaxtimizda “Toshkent futboli – 100 yoshda” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Bir asrlik tarixi davomida poytaxt futboli nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham tanilib, ko‘plab isteʼdodlar yetishib chiqdi. Endigi maqsad ular orqali yangi avlod futbolchilariga ilhom berish, futbol orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.

Tadbir doirasida faxriy futbolchilar – o‘zbek futbolining tirik afsonalari bilan yoshlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.