603 12.12.2025
Partiyaning Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi 7-sonli maktabda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarning merosi qalbimizda barhayot” mavzusida tadbir tashkil etildi. Jadidlik harakati asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy mislsiz qarshiliklarga qaramay, yurtimizda ilk zamonaviy maktablar tashkil qilish, zarur darsliklar yaratish, nashriyot va teatrlar barpo etish ishlariga bosh-qosh bo‘ldi. Bu orqali xalqimizning tafakkurini yuksaltirish, hurriyatga erishish yo‘lida o‘z hayotini baxsh etdi.
Istiqlol davrida uning xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror bu yo‘ldagi eng muhim chora-tadbirlardan biri bo‘ldi.