Interaktiv darslardan uzoq maktablar


492     12.12.2025

Buxoro viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati Sunnatjon Axatov mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida viloyat markazidagi 37-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi. O‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, kundalik.com bilan bog‘liq masala, oshxona hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar – elektron doskalar yo‘qligi bois interaktiv darslar tashkil etilmayotgani, o‘quv jihozlarining aksariyati eskirgani aniqlandi.