768 13.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi UNESCO Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqdagi qaror ushbu tuzulmaning Hindiston poytaxti – Dehlida o‘tgan 20-sessiyasida qabul qilindi. “Qoraqalpoq o‘tovining ro‘yxatga kiritilishi so‘nggi yillarda O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasida jadal rivojlanayotgan hamkorlikning yorqin samaralaridan biridir. O‘zaro manfaatli sheriklik, ayniqsa, joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida tarixiy Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilgandan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi”, deyiladi xabarda.
Qoraqalpoq o‘tovi O‘zbekiston madaniy merosining UNESCO‘ning turli ro‘yxatlariga kiritilgan 17 elementi hisoblanadi. Biroz avvalroq qoraqalpoq qo‘biz sanʼati ham UNESCO madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan edi.