Qurultoyda buxorodan sakkiz vakil ishtirok etadi


109     30.08.2024

   Buxoro viloyati Kengashi Konferensiyasida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova Yangi O‘zbekiston islohotlari bugun, ayniqsa, deputatlardan faol, tashabbuskor bo‘lishni talab qilayotgani, buning uchun zarur sharoitlar yaratilib, vakolatlar kengaytirilayotganini taʼkidladi.

   – Birgina misol, joriy yilda ijro hokimiyatida bo‘lgan 33 ta vakolat Kengashlarga o‘tkazildi. Bu shundan darak beradiki, deputat xalq vakili sifatida ijro organidan to‘la mustaqil bo‘lib, avvalo saylovchilar manfaatini ko‘zlashi, himoya qilishi lozim, – dedi quyi palata deputati.

   Konferensiyada viloyat Kengashi raisi Maxsud Muxammedovning hisoboti asosida besh yillik faoliyat sarhisob qilindi, deputatlik birlashmalari va deputatlar faoliyatiga baho berildi. Kelgusida qilinadigan vazifalar belgilandi.

   Tadbirda 27-oktyabrga belgilangan saylov bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Partiyaning navbatdagi Qurultoyiga delegatlar saylandi. Toshkentda o‘tadigan Qurultoyda viloyat kengashida faol va tashabbuskor bo‘lgan xodimlar, faollar va  deputatlardan iborat 8 nafar delegat ishtirok etadigan bo‘ldi.