Olmaliq va ohangaronlik deputatlar faoliyati o'rganildi


438     15.12.2025

Partiya Markaziy kengashi tomonidan Xalq deputatlari Olmaliq shahar hamda Ohangaron tuman Kengashlaridagi “Milliy tiklanish” deputatlik guruhlari faoliyati o‘rganildi. So‘ngra o‘rganishlar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi va unda xalq vakillarining deputat so‘rovi institutidan samarali foydalanish, ijro hokimiyati va mahalliy tashkilotlar faoliyati yuzasidan aniq maʼlumotlar olish, hisobdorlikni taʼminlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalliy Kengash sessiyalariga masala kiritish amaliyoti, deputatning tashabbus ko‘rsatish imkoniyatlari va mahalliy qarorlarni qabul qilishda aholining manfaatlarini inobatga olish mexanizmlariga ham eʼtibor qaratildi. Deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash bo‘yicha takliflar bildirildi.