O‘zbekiston elektr energiya eksport qiluvchi davlatga aylanadi


487     15.12.2025

Fraksiya yig‘ilishi o‘tgan haftada mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan muhim voqealar muhokamasi bilan boshlandi. Jumladan, Prezident ishtirokida o‘tgan "Barqaror energetika – Yangi O‘zbekistonning kelajak sari ishonchli qadami” mavzusidagi anjumanning ahamiyati muhokama qilindi. 

– 2030-yilga borib O‘zbekistonning elektr energiya eksport qiluvchi davlatga aylanishi mamlakatimizda so‘nggi yillarda bu sohada qanday islohotlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.