582 15.12.2025
Deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2025-yil to‘qqiz oyidagi ijrosini partiya g‘oyalaridan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqmoqda. Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlar uchun byudjetdan 125,5 trln so‘m ajratilgan bo‘lsa, uning 57,2 trln so‘mi taʼlimga xarajat qilindi. Bu mablag‘ning 66 foizi maktabga, 21 foizi bog‘cha va 13 foizi esa kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Bog‘chalar soni 8 725 taga ortib, 38 145 taga yetdi. Shundan 6 981 tasi davlat, 31 164 tasi esa nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Hisobot davrida bog‘chalar qamrovi 77 foizga yetdi.