797 15.12.2025
Dilnoza AZIZOVA: Hisobot davrida axborot-kutubxona markazlari uchun byudjetdan 207,2 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan ekan. Lekin hududlarga o‘rganishga chiqqanimizda aksariyat kutubxonalarning nafaqat moddiy-texnik taʼminoti talabga javob bermaydi, ular joylashgan binolar ham taʼmirga muhtoj. Mablag‘ aynan qaysi hududdagi kutubxonalarga sarflangan, bu haqda hisobotda aniq maʼlumotlar taqdim etilmagan.