Ekologik jarimalar keskin oshirilyapti


801     15.12.2025

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ekologik huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalar miqdori bugun bunday holatlarni to‘xtatishga yordam bermayapti. Shu bois, fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan bu boradagi jarimalar miqdorini keskin oshirish taklif etilyapti.

Misol uchun, qimmatbaho daraxtlarni kesganlik uchun belgilangan jarima miqdori 10 barobarga, belgilanmagan joylarda sanoat va maishiy chiqindilarni yoqish jarimasi esa 5 barobarga oshirilmoqda.