Millat genafondiga qarshi jinoyatlar


713     15.12.2025

So‘nggi yillarda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshmoqda. Jumladan, narkojinoyatchilik ikki barobarga, psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar 67 foizga, sintetik giyohvandlik esa 80 barobarga oshgan.

Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga "Aholi salomatligi va genafondiga qarshi jinoyatlar" nomli alohida bo‘lim kiritilyapti. Yaʼni, Kodeksga 15 ta yangi moddalar kiritilib, ularga alohida maqom berilyapti.