“Parlament yoshlari” qishki o‘quv-oromgohi yakunlandi


765     16.12.2025

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun qishki o‘quv seminar tashkil etildi. Yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning qonunchilik jarayonlaridagi ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “Milliy tiklanish”ning 29 nafar yosh deputatlari ham faol ishtirok etdi.

Oromgoh doirasida o‘tkazilgan muloqot va treninglar yoshlarning hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtirokini kuchaytirish, deputatlar bilan samarali hamkorlik qilish, korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlarning o‘rni va masʼuliyatini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan dastur asosida tashkil etildi. Shuningdek, Yoshlar parlamentining joriy yildagi faoliyati tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.