“Alisher Navoiy” romani ozarbayjon tilida nashr etildi


461     16.12.2025

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani ozarbayjon tilida chop etildi. “Fuyuzat” nashriyotida chop etilgan ushbu asar Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, dotsent G‘olib Sayilov tomonidan tarjima qilindi.

Maʼlumot o‘rnida: “Alisher Navoiy” romani “Fuyuzat” nashriyoti tomonidan 2024-yilda turk tilida ham nashr etilgan edi.