543 19.12.2025
Markaziy kengash raisi Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruhning Samarqanddagi o‘rganishlari qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy maqbarasi ziyorati bilan boshlandi. Majmua ilgari kuniga 12 ming ziyoratchini qabul qilgan bo‘lsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xizmat ko‘rsata oladi. So‘ngra Shohizinda majmuasi ziyorat qilindi. Maʼlum qilinishicha, maqbaraning dastlabki peshtoxidagi devor biroz og‘ib qolgan. Maqbara oldidan o‘tgan avtomobil yo‘li hamda oqova suv quvuri ham devorlarga zarar yetkazmoqda.
Alisher Qodirov mashinalar qatnovini cheklash, suv quvurini boshqa joydan o‘tkazish va “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida restovratsiya ishlari bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. “Maqbaraga zarar beradigan har qanday kommunikatsiya tarmog‘ini bu yerdan uzoqlashtirish lozim. Majmuaga ziyon berib qo‘ysak, uning aslini hech qachon tiklay olmaymiz”, – dedi “Milliy tiklanish” yetakchisi.