819 20.12.2025
Ishchi guruh Jomboy tumanidagi un ishlab chiqaruvchi “ONE-NON” korxonasi muammolarini o‘rgandi. Maʼlum qilinishicha, turkiyalik sarmoyador mablag‘i hisobiga tashkil qilingan korxona 2023-yilda faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha bino qurgan. Lekin egalik huquqi berilmayotgani sabab, yangi binodan foydalanib bo‘lmayapti. Bu borada tegishli idoraga murojaat qilingan.
Ushbu masalada mas’ul idoralar bilan muhokamalardan keyin muammo o‘z yechimini topdi. Buning natijasida tumanda 100 ish orinli loyiha ishga tushadi va 100 mlrd somlik sanoat ishlab chiqarish hajmi paydo bo‘ladi.