781 22.12.2025
Fraksiya yig‘ilishi o‘tgan haftada mintaqamiz siyosiy hayotida yuz bergan muhim voqea – “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammiti hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi mazmun-mohiyati muhokamasi bilan boshlandi. Markaziy Osiyo global dunyoda muhim mintaqaga aylanmoqda. Tokio sammiti bu yo‘nalishdagi jarayonlarning eng muhim nuqtalaridan biri hisoblanadi.
– Sammitda Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat mintaqamiz, Yaponiya taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.