“Milliy tiklanish” taklifi inobatga olinyapti


514     22.12.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili o‘z faoliyati bo‘yicha milliy maʼruzani Oliy Majlisga kiritishi kerak. Lekin qonunchilikda bu muddat aniq belgilanmagani bois, maʼruza bir necha yildirki, yil oxirida kiritilmoqda va bu “Milliy tiklanish” fraksiyasi eʼtiroziga sabab bo‘layotgan edi. Fraksiya taklifi bilan maʼruzani kiritishning aniq muddati – 1-apreldan kechiktirmay parlamentga taqdim etish belgilanyapti.
 
Ilhom Abdullayev qonun loyihasiga munosabat bildirib, qonunchilik bilan muddat aniq belgilanayotganini maʼqulladi. Shu bilan birga muddatni kechiktirsa, javobgarlik ham belgilanishi lozim degan taklifni ilgari surdi.