623 22.12.2025
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga egalik huquqini berish bo‘yicha qabul qilingan qonun ijrosi yuzasidan bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bugun amaliyotda paydo bo‘lgan kamchiliklarni hal qilishga qaratilgan.
Kadastr agentligi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yilning 25-avgust holatiga 5 336 dan ortiq ko‘chmas mulk obyekti hujjati rasmiylashtirilgan. Lekin egalik huquqi eʼtirof etilmagan 4 mln.dan ortiq ko‘chmas mulk obyekti bor.