693 23.12.2025
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Sankt-Peterburg shahrida Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi. Davlatimiz rahbariga ushbu mukofot Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun berildi.
Mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, tahlil qiladigan bo‘lsak, haqiqatan ham Prezidentimizning Markaziy Osiyo tinchligi va xavfsizligini mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdagi roli alohida ahamiyatga ega. Bu xalqaro kuzatuvchilar tomonidan ham tez-tez eʼtirof etilishi yangilik bo‘lmay qoldi.
Davlatimir rahbari Prezidentligining ilk yillaridanoq faol yaxshi qo‘shnichilik siyosati yo‘lini tanladi va O‘zbekiston mintaqada konstruktiv muloqotning haqiqiy lokomotiviga aylandi. Shaxsiy saʼy-harakatlar va izchil siyosat tufayli Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o‘rtasida muntazam maslahatlashuv uchrashuvlari qaror topdi.
Tan olish kerak, bugungi murakkab global sharoitda, ko‘plab vayronkor kuchlar Markaziy Osiyo manfaatlariga zarar yetkazishga urinayotgan bir paytda muhtaram Prezidentimiz mintaqa xalqlari o‘rtasida tom maʼnoda tinchlikni saqlash va qardoshlik munosabatlarini o‘rnatish borasida samarali mexanizmni topa oldi.
Eng muhimi, bunday saʼy-harakatlar, uzoqni ko‘zlab yuritilgan oqilona siyosat nafaqat O‘zbekistonning, balki mintaqaning umumiy hayotini ham yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Vasila Fayziyeva,
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi