902 27.12.2025
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi taraqqiyotning bugungi holati va ertangi marralarini aniq belgilab bergan tarixiy hujjat bo‘ldi.
Keyingi to‘qqiz yilda erishilgan yutuqlar iqtisodiy o‘sish, kambag‘allikning keskin qisqarishi, investitsiyaviy muhitning mustahkamlanishi, ijtimoiy himoyaning yangi tizimi va xalqaro maydonda nufuzimiz oshgani - bularning barchasi islohotlarning izchil va puxta o‘ylanganini ko‘rsatadi. Eng muhimi, bunday natijalar qog‘ozda emas, har bir fuqaro va har bir oila hayotida o‘z aksini topyapti. Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion rivojlanish modeliga o‘tkazish, sun’iy intellekt, data- markazlar, kosmik soha, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish bo‘yicha Murojaatnomada belgilangan vazifalar esa shubhasiz, O‘zbekistonni global raqobatda mutlaqo yangi bosqichga olib chiquvchi dastur vazifasini o‘taydi.
Bu yo‘lda parlament va deputatlar zimmasiga esa qonunchilikni zamon talabiga moslashtirish va islohotlar ijrosi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash mas’uliyati yuklatildi.
Xulosa qilib aytganda, Murojaatnoma bu faqat kelgusi yil rejasi emas, balki kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizni belgilab beruvchi tarixiy dasturdir. Deputat sifatida ushbu Murojaatnomani hayotga tatbiq etishda xalq bilan birga, xalq manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan ishlashni zimmamdagi burch deb bilaman.
Bahodir MAMATXONOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
“Milliy tiklanish” gazetasining 2025-yil 27-dekabr sonidan olindi