Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarimizga xiyonatdir


898     29.12.2025

Jahongir Shirinov: Murojaatnomada hech bir soha eʼtibordan chetda qolmadi. Jumladan, adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettirilishini, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurash yanada takomillashtirilishi taʼkidlandi. Chunki bu illat nafaqat mamlakat rivojiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini ham izdan chiqaradi. Prezidentimiz bejizga alohida ta'kidlamadi: Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarimizga xiyonatdir.

Shu bois, barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga masʼul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Albatta, bu jarayon deputatlarga ham katta masʼuliyat yuklaydi.