703 05.01.2026
Fraksiya yig‘ilishi O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi muhokamasi bilan boshlandi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov Murojaatnomaning ahamiyati haqida gapirib, unda belgilangan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish ijrosi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini taʼkidladi.
– Eng muhimi, ustuvor yo‘nalishlarda belgilangan ko‘plab vazifalar partiya g‘oyalari bilan hamohang va shu maʼnoda, Murojaatnoma “Milliy tiklanish” uchun ham dasturulamal vazifasini o‘taydi, – dedi fraksiya rahbari.