859 05.01.2026
Mamlakatimizda keng joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar elektron tijorat rivojida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda va bu sohada huquqiy asoslarni yanada takomillashtirishni taqozo etyapti. Jumladan, fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Nodir Tilavoldiyev: mazkur qonun loyihasi nafaqat elektron tijoratni yanada rivojlantiradi, iqtisodiyotimizdagi yashirin aylanmalar hajmini qisqartirishga ham xizmat qiladi.