Bolaning ustuvor manfaatlari aniq belgilanmoqda


920     05.01.2026

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlar zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga to‘la ko‘mak berishga to‘sqinlik qilyapti.

Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar, ularning voyaga yetmagan farzandlarining qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish yanada kuchaytirilmoqda.