Ruxsatsiz bino qurganlar javobgarligi kuchaytirilmoqda


600     12.01.2026

Maxsus ishchi guruhi tomonidan 2017-2024-yillarda qurilgan va qurilayotgan 11834 ta ko‘p qavatli uylarning seysmik holati o‘rganilganda ularning ayrimlari zilzilaga bardosh bermasligi, baʼzilarida esa noqonuniy ravishda qo‘shimcha qavat qurilgani aniqlangan. Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan bino-inshootlar qurish hamon davom etyapti.

Shu bois, bunday holatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan bu boradagi javobgarlik yanada kuchaytirilmoqda.