Solovyovning kitoblari va ko‘rsatuvlari taqiqlanishi kerak...


670     12.01.2026

Vladimir Solovyov ikkiyuzlamachi jurnalist. Buning isbotini turli yillardagi chiqishlaridan, xususan, yaqindagina Qozog‘istonning suveren davlatligi hamda ruslar qozoq tilini o‘rganishlari haqidagi mulohazalarini eslashning o‘zi kifoya. Ammo bunday “alahsirash”lar uning faqat Rossiyaga bo‘lgan qaynoq muhabbatidan desak adashamiz.

Shuning uchun ham Solovyovning bu galgi chiqishi “persona non grata” institutidan foydalanish fursati yetganini anglatadi.

To‘g‘ri, bu chiqishga har qanday mazmunda munosabat bildirilgan taqdirda ham allaqachon “bu uning shaxsiy qarashlari, u hukumat qarashlarini ifoda etmaydi” degan javob tayyorlab qo‘yilgan. Ammo ijtimoiy fikrni shakllantirishda aftu angori tanish nusxalardan foydalanish yo‘li shu kungacha pand bergani yo‘q. Bu yog‘i esa oddiy polittexnologiya...

Bas shunday ekan, ishni janob Solovyovning O‘zbekistonda sotilayotgan o‘nlab nomdagi kitob va ko‘rsatuvlarini taqiqlashdan boshlasak, mantiqan to‘g‘ri yo‘l tanlagan bo‘lardik.

 

Mirodil Abdurahmonov,

“Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri