O‘zbekistonning dunyoga namuna bo‘layotgan siyosati


820     16.01.2026

Matbuot anjumani O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati muhokamasi bilan boshlandi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov Murojaatnoma tarixiy ekanini taʼkidlab, unda belgilangan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish ijrosi, shubhasiz, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

– Bugun xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilayotgan O‘zbekiston tashqi siyosati dunyoga namuna bo‘lmoqda, – dedi fraksiya rahbari.