534 19.01.2026
Fraksiya yig‘ilishi muhim tadbirlar – Davlat rahbari ishtirokida o‘tgan Xavfsizlik kengashi majlisi hamda Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi muhokamasi bilan boshlandi. Ushbu ikki tadbir ham “Milliy tiklanish” g‘oyasi – insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq.
Shu bois, fraksiyamiz aʼzolari saylovchilar bilan uchrashuvlarda mamlakatimizning xafsizlik va tashqi hamkorlik bilan bog‘liq siyosati haqida kengroq maʼlumot berishi lozim, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.