861 19.01.2026
Ma'lumki, bugungi kunda maʼmuriy sudlar fuqaro va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Buni 2017–2024-yillarda ular tomonidan 102 mingdan ortiq ko‘rilgan ishlarning 60 foizi qanoatlantirilganidan ham bilish mumkin.
Fraksiya yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan xorijiy tajribadan kelib chiqib, maʼmuriy sudlar roli yanada kuchaytirilmoqda. Jumladan, mansabdor shaxslarning maʼmuriy sudda majburiy ishtiroki taʼminlanyapti. Aks holda bu jarimaga sabab bo‘ladi.