1146 19.01.2026
“Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi qonunda O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq barcha maʼlumotlar mamlakatimizdagi saqlanishi belgilangan. Fraksiyada muhokama qilingan qonun bilan endi fuqarolarimizning ayrim maʼlumotlari tanlangan davlatlarda saqlash imkoniyati berilmoqda.
Masalan, fuqaroning genetik-biometrik maʼlumotlari O‘zbekistonda saqlanadi. Ismi sharifi, yashash manzili, bank kartasi maʼlumotlari esa zaruratga qarab xorijga berilishi mumkin. Bu elektron tijorat rivojiga, ayniqsa, aholi va tadbirkorlik subyektlarining internetdan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.