Navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati”


782     21.01.2026

Turizm qo‘mitasida navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil qilindi. Tadbirda fraksiyamiz aʼzosi Nodirbek Tilavoldiyev ishtirok etib, Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish zarurati, shuningdek, partiyaning Saylovoldi dasturida turizm rivoji bo‘yicha ilgari surilgan taklif, tashabbuslar haqida maʼlumotlar berdi.

Maʼlumki, 2025-yilda mamlakatimizga kelgan sayyohlar soni keskin oshib, 11,5 millionga yetdi. 2030-yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 2 karra oshirish va 20 millionga yetkazish maqsad qilingan.