O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosati qatʼiy davom ettiriladi


650     23.01.2026

O‘zbekiston Tinchlik kengashiga qo‘shildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil qilingan yangi xalqaro platforma – Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi. Bu mamlakatimizning tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, ochiq va do‘stona muloqotga asoslangan izchil siyosatini qatʼiy davom ettirilishidan dalolat beradi. Shu jihatdan, O‘zbekistonning Tinchlik kengashidagi ishtiroki, shubhasiz, muhim ramziy va amaliy ahamiyatga ega.

Shuningdek, bu O‘zbekistonning global xavfsizlikni taʼminlash, barqaror taraqqiyotga erishish va mojarolarning oldini olish uchun jamoaviy yechimlarni izlashga qaratilgan harakatidir. Albatta, Tinchlik kengashi mamlakatimizning dunyo sahnasida masʼuliyatli va ishonchli hamkor sifatidagi rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Vasila Fayziyeva,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi