678 26.01.2026
Fraksiya yig‘ilishi Davlatimiz rahbarining Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimidagi ishtiroki hamda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi muhokamasi bilan boshlandi. Bugun dunyoda yuz berayotgan voqealarga, mamlakatimizdagi o‘zgarishlarga hech kimning befarq bo‘lishiga haqqi yo‘q.
– Aksincha, barchamiz islohotlar jarayonida faol bo‘lib, natija uchun harakat qilishimiz lozim. Natija bu taraqqiyot degani, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.