739 26.01.2026
Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Qonunchilik bazasida 26 000 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lib, bu aholiga, tadbirkorlarga qonunchilikdan foydalanishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. "O‘zbekiston - 2030" Strategiyasida ham qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish orqali kamida 30 foizga qisqartirish vazifasi belgilangan.
Yig‘ilishda birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan qonunchilik bazasini ixchamlashtirish nazarda tutilmoqda.