Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash strategik vazifa


507     28.01.2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha ham qator vazifalar belgilangan bo‘lib, uning doirasida maktablarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fani nufuzi yanada oshirilgan edi. Ushbu vazifalar “Milliy tiklanish” g‘oyalari bilan ham hamohangligidan kelib chiqib, mahalliy Kengash deputatlari CHQBT fanini o‘qitish holatini o‘rganmoqda.

Jumladan, Zangiota tuman Kengashi deputatlari Mahmud Nazarov va Nilufar Muhiddinovalar 32-33-sonli maktablarda bo‘lib, CHQBT fanining davlat taʼlim standartlari asosida tashkil etilishi hamda fan o‘qituvchilarining harbiy-pedagogik tayyorgarligi holati bo‘yicha nazorat tahlilida o‘rgandilar.