Strategiya nega qayta ko‘rib chiqilmoqda?


588     29.01.2026

Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tilavoldiyevning Toshloq tumanidagi o‘rganishlari mahalliy Kengash deputatlari uchrashuvi bilan boshlandi va unda asosiy eʼtibor takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga qaratildi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda mahalliy Kengash deputatlari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Nima uchun 2023-yilda qabul qilingan strategiya qayta ko‘rib chiqilmoqda? Deputat ushbu savolga javob berar ekan, strategiya aholining bugungi real ehtiyoj va xalqaro talablaridan kelib chiqib takomillashtirilayotganini taʼkiladi. “Asosiy maqsad: har bir fuqaro hayoti, oilasi va farzandlari kelajagi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan strategik hujjatni yaratishdir”, – dedi deputat.