545 29.01.2026
Navoiy viloyatida o‘rganishlar olib borayotgan fraksiya aʼzolari Bahodir Mamatxonov va Kozimjon Tojiyevlar dastlab Karmana tumanining “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” sifatida tanlab olingan “Narpay” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. So‘ngra deputatlar viloyat Kengashi raisi To‘lqin Ahmedov hamrohligida Navoiy shahridagi “Ishonch gilamlari” korxonasining quvvatni oshirish, ish o‘rni yaratish, eksport masalalarini o‘rgandi, bu borada taklif va tavsiyalar berdi.
2003-yilda faoliyatini boshlagan korxonada bugun 500 nafar ishchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Korxona eksport geografiyasi MDHni o‘z ichiga olgan bo‘lib, yillik quvvati 500 tonnadan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.