486 29.01.2026
Hozirda Quvasoy shahrida bo‘lib turgan Sayyora Jumayeva “Qo‘chqorchi” va “Bo‘ston” mahallalarida “yettilik” faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, Prezident ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda ushbu tizim oldiga qo‘yilgan vazifalar muhokama qilindi.
– “Yettilik”ka islohotlar natijadorligini taʼminlovchi asosiy kuch sifatida qaralayotgani bejiz emas. Chunki ushbu tizim ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilgan. Agar mahallada ishsizlik yoki kambag‘allik bilan bog‘liq muammolar ko‘p bo‘lsa, demak, bu tizimning yaxshi ishlamayotgani bilan bog‘liq, – dedi Qonunchilik palatasi deputati.