Yuksak vatanparvarlik ruhisiz sarhadlarni qo‘riqlab bo‘lmaydi


491     29.01.2026

Qonunchilik palatasi deputati Vasila Fayziyeva Toshkent shahar Kengashi vakillari hamrohligida Uchtepa tumanidagi 194-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi. Deputat Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fanining o‘qitilish jarayonini o‘rganarkan, bugun yoshlarni nafaqat harbiy-vatanparvarlik, balki milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash zarurligini singdirish ham muhim ekanini taʼkidladi.

– Armiyamiz har jihatdan zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan taʼminlanmasin, askarlarimiz yuksak vatanparvarlik ruhi bilan ham qurollanmagan bo‘lsa, yurtimiz sarhadlarini ishonchli himoya qilib bo‘lmaydi, – dedi fraksiyamiz aʼzosi.