Byurokratiya sabab, qurilishi ortga surilayotgan “Eski Jomboy”


570     30.01.2026

Odamlar yillar davomida yecholmayotgan byurokratiya bilan bog‘liq shunday to‘siqlar borki, Toshkentdan borganlar birgina qo‘ng‘iroq bilan hal qiladi-qo‘yadi. Mana isboti: Jomboy tumanida o‘rganishlar olib borayotgan deputat Azamat Pardayevga aholidan “Eski Jomboy” mahallasi uchun bino qurish masalasida murojaat bo‘ldi. Maʼlum bo‘lishicha, buning uchun mablag‘ allaqachon ajratilgan. Lekin byurokratiya sabab, qurilishni boshlash ortga surilmoqda. Deputatning tegishli mutasaddilarga qilgan birgina qo‘ng‘irog‘i bilan yaqin kunlarda qurilish ishlari boshlanadigan bo‘ldi.

Xalq vakili tumandagi “Islohotlar shtabi”, “G‘azira” va “Qo‘lbosti” mahallalari, 3-sonli oilaviy poliklinika hamda 11-umumtaʼlim maktabi faoliyati bilan ham tanishdi. Mavjud muammolarni o‘rgandi, ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.