Deputat “qizil toifa”ga kiritilgan mahallani o‘rgandi


676     30.01.2026

Toshkent viloyatining Parkent tumanida o‘rganishlar olib borgan deputat Zuhra Mirg‘oziyeva jinoyatchilik bo‘yicha “qizil toifa”ga kiritilgan Oybek mahallasida bo‘ldi. Faollari bilan uchrashib, Prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi hamda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorlardan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini uyushqoqlik va belgilangan tartibda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar bedi.

Maʼlum qilinishicha, mahallaning “qizil toifa”ga kirishiga hududda joylashgan bozor sabab bo‘lgan. Hozirda mahalla va bozorga Ichki ishlar hamda Milliy gvardiyaning xodimlari biriktirilgani natijasida jinoyatlar soni kamaygan.