Islohotlar natijasi har bir oilaga kirib borishi kerak


459     30.01.2026

Yoshlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining intellektual tayanchi. Shu bois, yosh avlodni bilimli, taʼlim-tarbiyali, vatanparvar bo‘lib voyaga yetishiga birinchi galdagi vazifa sifatida qaralyapti. Deputat Go‘zal Samiyeva Uzun tumanidagi o‘rganishlarini ana shulardan kelib chiqib belgiladi va dastlab maktablarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining o‘qitilish jarayonlari bilan tanishdi.

So‘ngra “Obod yurt” mahallasi faollari bilan uchrashib, Prezident Murojaatnomasi, yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, Davlatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi hamda jamoat xavfsizligi masalalarida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlari mazmun-mohiyatini muhokama qildi. “Bugun yurtimizdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Islohotlar natijasi har bir oilaga kirib borishi kerak”, – dedi deputat.