“Mening birinchi kutubxonam” Farg‘onada


620     30.01.2026

Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova boshchiligidagi guruh “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi 34-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘ldi. Bog‘chada "Bolangiz bilan kitob o‘qing" aksiyasi tashkil etildi va bolalarga mo‘ljallangan 63 nomdagi eng sara adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.

Maqsad: bog‘chalarga kitob javonlari va kitoblar to‘plamini sovg‘a qilish orqali bolajonlarni mutolaaga qiziqtirish, dunyoqarashi va intellektual salohiyatini oshirish, tasavvurlarini boyitish, fikrlash, tahlil qilish va nutq salohiyatini rivojlantirishga erishishdir.