Korrupsiya – taraqqiyot dushmani


564     30.01.2026

Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, asosan mansabdorlar va davlat xizmatchilarining kundalik ish faoliyatida aholi bilan munosabatlarida keng tarqalgan illat – maishiy korrupsiya hamon davom etmoqda. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohalarida bu illat chuqur ildiz otgan bo‘lib, uning payini qirqish uchun barcha birdek harakat qilmog‘i lozim. Qumqo‘rg‘on tumanidagi 101-sonli Oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishgan deputat Abdulhakim Eshboyev yuqoridagi fikrlarni taʼkidlarkan, korrupsiya taraqqiyot dushmani ekanini qayd etdi.

Deputat poliklinikada tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tibbiy ko‘rikka kelgan fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning taklif va mulohazalarini eshitdi.