573 30.01.2026
Bugun kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri – korrupsiyaga qarshi kurashishdir. Ayniqsa, maishiy korrupsiyaning oldini olish quyi palata deputati Dilnoza Azizovaning Kosonsoy tumani Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari bilan uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi. Xavfli illatga imkoniyat beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Qonunchilik palatasi deputati tumandagi “Tagijar” va “Guzar” mahallalarida amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi bilan tanishdi.