Vatanga sadoqatli avlodni tarbiyalash – ustuvor vazifa


689     30.01.2026

Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Fraksiya aʼzosi Jumanazar Otajanov ushbu g‘oyalar “Milliy tiklanish” maqsadlari bilan hamohangligidan kelib chiqib, Xiva shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamrohligida 9-sonli maktabda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, jumladan, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fanini o‘qitish jarayonlari bilan tanishdi.

Deputat CHQBT fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish va davlat taʼlim standartlari asosida tashkil etish, fan orqali o‘quvchilarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va bu boradagi amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.