686 30.01.2026
Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova boshchiligidagi guruh partiyadan viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlar hamda “Siyosatchi ayollar klubi” aʼzolari ishtirokidagi tadbirda qatnashdi. Viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan tadbirda viloyat Kengashining yakuniga yetgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi, 2026-yildagi rejalari belgilab olindi.
Deputatlarning fuqarolar bilan ishlash tajribasi, saylovchilar bilan uchrashuvi, sayyor qabullar, joylardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.