Qardoshlikka asoslangan strategik sheriklikning yangi bosqichi


552     01.02.2026

O‘quv-tadqiqotlari va tahlil markazi tomonidan tashkil etilgan o'quv-seminarda iqtisodchi-politolog Shuhrat Rasulov hamda siyosiy fanlar nomzodi, siyosatshunos Ravshan G‘oziyev ishtirok etib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrifi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ikki davlat munosabatlari haqida gap ketganda tarixiy rishtalar — qadriyatlar, til, din, madaniyat va urf-odatlar millatlarni o‘zaro bog‘lab turadi, O‘zbekiston turklarning ota yurti ekani va bu qadimiy zaminda qardoshlik munosabatlari hech qachon uzilmagan.