897 02.02.2026
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan jamoatchilik asosida mahalliy Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etish tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, Kengash Rayosati tashkil etish, mansabdor shaxslarning Kengash deputatlari savollariga javoblarini eshitish tartibi joriy etilmoqda.
Alisher Qodirov: Bu o‘zgarishlarni albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz. Lekin bugungi islohotlarda mahalliy deputatlarning roli sezilmayapti. Chunki Kengashlarda deputatlik guruhlari imkoniyatidan samarali foydalanilmayapti. Deputatlik guruhlarining esa partiya bilan aloqasi deyarli uzilgan. Aslida deputat partiyasiga suyanish kerak emasmi?!